Tayyor shablonlar
Vizitka uchun 7 ta, landing uchun 4 ta dizayn. Bittasini tanlab, matnni almashtiring — tamom.
Paylinker bilan dasturchisiz va dizaynersiz vizitka yoki to‘liq landing sayt yarating. Shablon tanlang, matnni yozing — sayt paylinker.uz/nomingiz manzilida ishga tushadi.
Har kuni tandirdan issiq non
Toshkent, Chilonzor 9-kvartal · 08:00 — 23:00
Milliy taomlar
24 ta
Yetkazib berish
40 daq
Oilaviy zal
60 kishi
Imkoniyatlar
Domen sotib olish, hosting sozlash va dasturchi qidirish shart emas. Hammasi Paylinker ichida.
Vizitka uchun 7 ta, landing uchun 4 ta dizayn. Bittasini tanlab, matnni almashtiring — tamom.
16 ta tayyor rang mavzusi va 6 ta fon naqshi. Brendingiz ranglariga moslang.
Saytingiz paylinker.uz/brendingiz manzilida ochiladi. Vizitkaga yozing, profilga qo‘ying.
Har bir sayt uchun QR kod tayyor. Yuklab oling, chop eting va stolga yoki vitrinaga qo‘ying.
Mijozlarning aksari telefondan kiradi. Sayt har qanday ekranda tez ochiladi va chiroyli ko‘rinadi.
Instagram, Telegram, TikTok, YouTube va yana 6 ta platforma — bitta sahifada.
Qanday ishlaydi
Nashr etilgandan so‘ng 10 kun bepul ishlaydi. Yoqsa — tarifni tanlaysiz.
Telefon raqamingiz orqali bir daqiqada. Karta ma’lumoti so‘ralmaydi.
Matn, rasm va ranglarni almashtiring. O‘zgarishlar yonma-yon jonli ko‘rinadi.
Sayt paylinker.uz/nomingiz manzilida ochiladi. QR kodni yuklab oling va tarqating.
Tariflar
Ikkita tarif bor: bir ekranli Vizitka va bo‘limlarga bo‘lingan Landing. Har ikkalasi ham bir martalik to‘lov — obuna avtomatik yangilanmaydi.
Saytni nashr etganingizdan so‘ng 10 kun to‘liq ishlaydi — barcha imkoniyatlar ochiq. Yoqmasa, hech narsa to‘lamaysiz.
Sinov tugagach sayt to‘xtaydi,
ma’lumotlaringiz saqlanib qoladi.
Yillik paket — eng foydali variant
Bir ekranli raqamli tashrifnoma
12 oy uchun bir martalik to‘lov
Bu — oyiga ≈ 10 417 so‘m
6 oylik paketni ikki marta olishdan 25 000 so‘m arzon (17%)
Kimga mos
Mijoz sizni bir qarashda tushunib, darhol qo‘ng‘iroq qilishi yoki yo‘l olishi kerak bo‘lsa.
Masalan: Usta, shifokor, repetitor, go‘zallik saloni, kichik do‘kon
Tarifga nima kiradi:
Avval bepul sinab ko‘rasiz — to‘lov keyin
Bo‘limlarga bo‘lingan to‘liq sayt
12 oy uchun bir martalik to‘lov
Bu — oyiga ≈ 98 333 so‘m
6 oylik paketni ikki marta olishdan 380 000 so‘m arzon (24%)
Kimga mos
Xizmatlaringizni tushuntirish, savollarga oldindan javob berish va so‘rov yig‘ish kerak bo‘lsa.
Masalan: Choyxona, restoran, klinika, o‘quv markazi, agentlik, servis
Vizitkadagi hamma narsa, ustiga:
Avval bepul sinab ko‘rasiz — to‘lov keyin
Ikkala tarifda ham
Taqqoslash
Agar mijozga faqat telefon raqami va manzil kerak bo‘lsa — Vizitka yetarli. Xizmatlarni tushuntirish va so‘rov yig‘ish kerak bo‘lsa — Landing tanlang.
| Imkoniyat | Vizitka | Landing |
|---|---|---|
| Sayt turi | Bir ekranli | Ko‘p bo‘limli |
| Bo‘limlar soniHero, Biz haqimizda, FAQ, Aloqa, Footer | Yo‘q | 5 ta bo‘lim |
| Dizayn shablonlari | 7 ta | 4 ta |
| Rang mavzulari | 16 ta | 4 ta kombinatsiya |
| Fon naqshlari | 6 ta | Yo‘q |
| Shaxsiy manzil (paylinker.uz/nom) | Bor | Bor |
| QR kodChop etib, stolga yoki vitrinaga qo‘ying | Bor | Bor |
| Logo va rasm yuklash | Bor | Bor |
| Google Maps xaritasi | Bor | Bor |
| Ish vaqti | Bor | Bor |
| Ijtimoiy tarmoq havolalari | 10 ta platforma | Telegram va telefon |
| Savol-javob (FAQ) bo‘limi | Yo‘q | Bor |
| Aloqa formasiSo‘rovlar Telegram botga yuboriladi — tez orada | Yo‘q | Bor |
| Mobil qurilmalarga moslashuv | Bor | Bor |
| Narxi — 6 oy | 75 000 so‘m | 780 000 so‘m |
| Narxi — 12 oy | 125 000 so‘m | 1 180 000 so‘m |
Tarifni keyinchalik almashtirish mumkin — yangi sayt yaratganingizda boshqa tarifni tanlaysiz.
Savol-javob
Javobini topa olmadingizmi? Telegram orqali yozing — tez orada javob beramiz.
Ro‘yxatdan o‘tib, saytingizni yaratasiz va nashr etasiz. Shu paytdan boshlab sayt 10 kun davomida to‘liq ishlaydi — barcha imkoniyatlar ochiq, hech qanday cheklov yo‘q. Muddat tugagach saytni ochiq qoldirish uchun tarif tanlaysiz.
Yo‘q. Ro‘yxatdan o‘tish va bepul sinov uchun karta ma’lumoti so‘ralmaydi. To‘lovni faqat tarifni tanlaganingizda amalga oshirasiz. Avtomatik yechib olish yo‘q.
To‘lov Click orqali qabul qilinadi — O‘zbekiston banklarining kartalari bilan bir necha soniyada. To‘lovdan so‘ng saytingiz tanlangan muddatga darhol faollashadi.
Sayt vaqtincha to‘xtaydi va tashrifchilarga muddat tugagani haqidagi sahifa ko‘rinadi. Matn, rasm va sozlamalaringiz o‘chmaydi — tarifni uzaytirishingiz bilan sayt avvalgi holatida qayta ishga tushadi.
Vizitka — bitta ekranga sig‘adigan tashrifnoma: nomingiz, telefon, manzil, ish vaqti va ijtimoiy tarmoq havolalari. Landing — bo‘limlarga bo‘lingan kattaroq sayt: «Biz haqimizda», savol-javob, aloqa bo‘limi va navigatsiya menyusi bilan. Mijozga tushuntiradigan gapingiz ko‘p bo‘lsa, Landing tanlang.
Ha, cheksiz. Matn, rasm, ranglar va bo‘limlarni istalgan vaqtda o‘zgartirasiz. O‘zgarishlar tahrirlash oynasida darhol ko‘rinadi va saqlaganingizdan so‘ng saytda aks etadi.
Saytingiz paylinker.uz/nomingiz ko‘rinishidagi shaxsiy manzilda ochiladi — masalan paylinker.uz/choyxona. Shaxsiy domen (masalan choyxona.uz) ulash imkoniyati ustida ishlanmoqda.
Yo‘q. Kod yozish, domen sotib olish yoki hosting sozlash shart emas. Tayyor shablonni tanlaysiz, matnni o‘z ma’lumotlaringizga almashtirasiz va nashr tugmasini bosasiz. Odatda bu 15 daqiqadan kam vaqt oladi.
Ha. Har bir sayt uchun alohida manzil va alohida tarif bo‘ladi. Boshqaruv panelida hammasini bir joyda ko‘rib turasiz.
Boshqa savol bormi? Telegram orqali yozing
Karta ma’lumoti kerak emas. Yoqmasa — hech narsa to‘lamaysiz.